Mentor Akademiyasi

Bu sahifa brauzerda ochilsa, modullar birma-bir ko'rsatiladi va oxirida test topshiriladi. Hozir siz hamma modulni ketma-ket o'qiy olasiz โ€” testni topshirish uchun faylni Chrome yoki Safari brauzerida oching.

Yangi o'quvchi Birinchi dars Doimiy o'quvchi 60'

Ishga tayyorgarlik

Birinchi o'quvchingizni olishdan oldin

Sakkizta qisqa modul โ€” ish qanday tashkil qilingani, qancha ishlashingiz va nima talab qilinishi. Oxirida qisqa test. Testdan o'tgan zahoti sizga sinov darsi so'rovlari kela boshlaydi.

8modul, taxminan 12 daqiqa
16savol, o'tish bali 13
60โ€“85%o'quvchi to'lovidan sizning ulushingiz
1Modullarni ketma-ket o'qing โ€” hamma javob shu yerda.
2Testni topshiring. Xato qilsangiz, qaysi modulga qaytish kerakligi ko'rsatiladi.
3O'tgach โ€” Jadvalda bo'sh vaqtingizni belgilang va birinchi sinov darsi so'rovini qabul qiling.

1-modul ยท Rol

๐ŸŽฏ Birinchi darsdan to'lovgacha โ€” siz

O'quvchiga qo'ng'iroq qilib, sinov darsi vaqtini operator kelishadi. Shundan keyingi hamma narsa โ€” darsni o'tish, narxni aytish, o'quvchini ushlab qolish โ€” sizning ishingiz. Barcha uchrashuvlar bitta so'z bilan ataladi: dars.

Ishning zanjiri

1
Sinov darsi so'rovioperator vaqtni kelishgan
2
Qabul qilish15 daqiqa ichida
3
Sinov darsi45โ€“60 daqiqa, bepul
4
To'lovnarxni siz aytasiz
5
Doimiy o'quvchihar oy daromad

Darsni siz o'tasiz โ€” o'z metodingiz bilan

O'quvchini bitta qat'iy dasturga majburlamaymiz. Har bir odam boshqa narsa xohlaydi, shuning uchun qaysi material va usul unga mos kelishini o'zingiz tanlaysiz. O'quvchining o'z kitobi bo'lsa โ€” o'shandan davom etish afzal.

Ilova va undagi AI suhbatdosh โ€” qo'shimcha imkoniyat: o'quvchi darslar orasida mustaqil mashq qiladi. Bu majburiy emas, lekin natijani tezlashtiradi.

Esda tuting: darsni siz olib borasiz, lekin u monolog bo'lmasin. Vaqtning ko'p qismida o'quvchi gapirsin โ€” til shunda ochiladi.

Nega narxni ham siz aytasiz

Qaror darsdan olgan taassurot issiq turganda qabul qilinadi. Dars tugab, o'quvchi telefonini qo'ysa, o'sha his tez soviydi: ertangi kun boshqa tashvishlar bilan boshlanadi va u "keyinroq" deb qo'yadi. Shuning uchun to'lov darsning oxirida, siz bilan birga rasmiylashtiriladi.

Oflayn markazda o'quvchiga birinchi taassurotni bino, uning dizayni va bezagi beradi. Onlaynda bularning hech biri yo'q. Bu yerda birinchi taassurotni faqat bitta narsa beradi โ€” siz uyg'otgan wow effekt va emotsiya.

2-modul ยท Jadval

๐Ÿ—“๏ธ Qachon ishlashni o'zingiz tanlaysiz

Bo'sh vaqtingizni Work'dagi Jadval bo'limida belgilaysiz. Sinov darsi so'rovlari faqat shu ochiq soatlaringizga keladi.

Sizning haftangiz

Du
Se
Ch
Pa
siz ochgan soat kechqurun โ€” odam ko'p yopiq

Jadval qanday ishlaydi

  • Har katak โ€” bir soatlik dars. Dars soat boshida boshlanadi: 09:00, 10:00 va hokazo. Kuniga 2 soat ham, 8 soat ham ochishingiz mumkin.
  • Haftalik shablon har hafta takrorlanadi. Kelgusi 14 kunning istalgan kunini alohida o'zgartira olasiz: dam olish kuni qilish yoki qo'shimcha soat ochish.
  • Haftasiga kamida 10 soat oching. Kam ochilgan jadvalga kam so'rov keladi.

Ochiq soat โ€” bu va'da

Siz ochgan soatga operator o'quvchini yozadi. Shuning uchun ochiq soatingizda ilovada bo'lishingiz shart.

  • Rejangiz o'zgarsa, kamida 12 soat oldin yoping. 12 soatdan kam qolgan soatni jadval endi yopishga ruxsat bermaydi.
  • Darsi yoki so'rovi bor soatni yopib bo'lmaydi. Avval so'rovga javob bering yoki darsni o'tkazing.
Ochiq soatda yo'q bo'lsangiz โ€” bo'sh qolgan har bir soat uchun ball ayiriladi. Sababi oddiy: o'sha vaqtga odam yozilgan bo'lishi mumkin.
Kechki vaqt eng foydali. Odamlar ishdan va o'qishdan keyin bo'sh bo'ladi โ€” kechqurun ochilgan soatlarga ko'proq so'rov keladi.

3-modul ยท Kunlik norma

โšก Kuniga 100 faollik balli โ€” hammasi shu

Bu ball qanday yig'iladi, o'zingiz tanlaysiz: bir kuni sinov darslari ko'p bo'ladi, boshqa kuni doimiy darslar.

Faollik balli qanday yig'iladi

100ball โ€” kunlik norma
Ochiq soatda onlayn (har soat)10
Sinov darsi so'rovini qabul qilish5
O'tkazilgan sinov darsi30
O'tkazilgan doimiy dars10
Sinov darsi natijasini belgilash5

100 ga chiqish yo'llari: 4 soat onlayn + 2 ta sinov darsi, yoki 6 soat onlayn + 4 ta doimiy dars.

Ikki narsa har doim majburiy

  • Har bir sinov darsining natijasini 24 soat ichida belgilang: to'lov qildi, rad etdi yoki kelmadi.
  • Belgilangan darsga chiqish โ€” uni o'tkazmaslik eng og'ir jarima.
Norma bajarilsa: +50 ball va seriya davom etadi. Ketma-ket kunlar ballaringizni ko'paytiradi: 7 kun ร—1.2, 30 kun ร—1.5.
Bajarilmasa: โˆ’30 ball va seriya uziladi. Haftada ikki kun dam olish esa normal โ€” Jadvalda o'sha kunni dam olish qilib qo'ysangiz, seriya uzilmaydi.

4-modul ยท Sinov darsi so'rovlari

๐Ÿ”” So'rov keldi โ€” birinchi qabul qilgan oladi

Operator o'quvchi bilan vaqtni kelishgach, so'rov o'sha soatda bo'sh bo'lgan barcha mentorlarga bir vaqtda ketadi.

So'rov qanday keladi

1
Push va Work ekranio'quvchi ismi, dars vaqti, operator izohi
2
15 daqiqaqabul qilish uchun vaqt, taymer ko'rinib turadi
3
Birinchi bosgan oladiqolganlarga "Kechikdingiz" chiqadi
4
Dars siznikio'quvchining telefoni ochiladi, dars Bugun bo'limida

So'rov qoidalari

  • So'rov faqat ochiq soatingizga va o'sha paytda boshqa darsingiz bo'lmasa keladi.
  • Qabul qilish +2 ball beradi va norma uchun 5 faollik balli yozadi.
  • Rad etish โˆ’25 ball. Javob bermasangiz ham reytingingizga ta'sir qiladi. Ochiq soatda so'rovni rad etmaslik uchun โ€” bo'lmaydigan soatni oldindan yoping.
  • Hech kim olmasa, operator mentorni o'zi tanlaydi. Qo'lda biriktirilgan dars ham sizning jadvalingizga tushadi.
Tezlik muhim. So'rov bir necha mentorga birdan boradi. Ochiq soatingizda ilovani yoniq tuting va ovozni o'chirmang.

Ikki oqim

Har bir o'quvchi o'zi tanlagan dastur bo'yicha keladi va kartada shu ko'rinib turadi:

Gapirish, ish, sayohat, noldan
Speaking oqimi
Sertifikat, hujjat, chet el, imtihon
IELTS oqimi

Speaking oqimida hamma mentor ishlaydi. IELTS oqimiga esa faqat darajasi tasdiqlangan mentorlar qo'yiladi โ€” u o'quvchi sizga kelgan bo'lsa, demak sizda ruxsat bor.

IELTS o'quvchisi sizga kelib qolsa

Bunday bo'ladi: odam formada "gapirish uchun" deb belgilaydi, suhbatda esa sertifikat kerakligi ma'lum bo'ladi. Yoki bu birinchi darsning o'rtasida ochiladi.

  • Yashirmang va o'zingizda ushlab qolmang. Sertifikat tayyorgarligi alohida mahorat talab qiladi: imtihon formati, ball strategiyasi, vaqt taqsimoti.
  • Rostini ayting. "IELTS tayyorgarligi bo'yicha alohida ustozlarimiz bor โ€” sizni o'shalardan biriga ulayman, u imtihon bo'yicha kuchliroq."
  • Natijani belgilashda izohga yozing. Operator o'quvchini sertifikatli mentorga o'tkazadi va izohingiz u bilan birga ketadi.
  • Dars boshlangan bo'lsa, uni oxirigacha o'tkazing. Darajasini aniqlab, yo'l xaritasini bering, keyin yangi ustozga ulang. Yarim yo'lda tashlab ketilgan odam umuman qaytmaydi.
O'tkazish sizga zarar qilmaydi โ€” aksincha, to'lanadi:
Suhbatda aniqlab, o'tkazdingiz
+15 ball
O'sha odam 14 kun ichida to'lov qildi
+20 000 so'm
Birinchi darsni o'zingiz o'tib, keyin o'tkazdingiz
dars balli + 40 000 so'm

Prioritetingizga ta'sir qilmaydi. Noto'g'ri o'tkazilgan o'quvchi uchun (yangi mentor tekshiradi) ball berilmaydi.

Har doim o'tkazish shart emas. Ko'pchilik "IELTS kerak" deydi, lekin imtihonga hali bir yil bor va aslida gapirishni o'rganishi kerak. Savol bering: "Imtihonni qachon topshirmoqchisiz va qancha ball kerak?" Aniq sana va ball bo'lsa โ€” o'tkazasiz. Bo'lmasa, siz bilan Speaking dasturida boshlaydi.
Qilmang: IELTS tayyorgarligini Speaking narxida va'da qilish yoki "imtihonni ham o'zim tayyorlayman" deb o'zingizda qoldirish. Bir-ikki darsdan keyin o'quvchi farqni sezadi va ketadi.

Sinov darsi natijalari

O'quvchi to'lov qildi
To'lov qildi
O'ylab ko'rmoqchi yoki qiziqmadi
Rad etdi
Darsga kirmadi
Kelmadi
Izohni ham yozing. Nima gaplashildi, qaysi dastur va narx aytildi. O'quvchi boshqa mentorga yoki operatorga o'tsa, odamdan bir xil narsani qayta so'rashmaydi.

5-modul ยท Tayyorgarlik

๐Ÿงฐ So'rovni qabul qildingiz โ€” endi darsga tayyorlaning

O'quvchi bilan birinchi uchrashuv shu darsda bo'ladi. Uni kechiktirish yoki o'tkazib yuborish eng qimmat xato.

Darsdan oldin

Tayyorlanmay kirish

O'quvchi sizni birinchi marta ko'radi va "bu ham oddiy kurs" degan xulosa qiladi.

Izohni o'qib kirish

Maqsadini bilasiz, dars birinchi daqiqadan unga moslanadi.

To'rt qadam

  • Operator izohini o'qing. Unda o'quvchining maqsadi, darajasi va qulay vaqti yozilgan bo'ladi.
  • Darsdan 10 daqiqa oldin Work'dagi "Darsni boshlash" tugmasi ochiladi. Kamera, mikrofon va internetni oldindan tekshiring.
  • Vaqtida kiring. 5 daqiqadan ortiq kechikish โˆ’20 ball, darsga umuman chiqmaslik โˆ’80 ball.
  • Dars 1 soat. Diagnostika va narx gaplashilgan bo'lsa, 45-daqiqada yakunlash ham normal.
Birinchi savol har doim bitta: "Ingliz tili sizga nima uchun kerak โ€” gapirish uchunmi yoki sertifikat uchunmi?" Javob dasturni va narxni belgilaydi.
O'quvchi kelmasa, 10 daqiqa kuting va natijani "Kelmadi" deb belgilang. Operator u bilan qayta bog'lanadi.

6-modul ยท Birinchi dars

๐Ÿ” Birinchi dars โ€” bu diagnostika

45โ€“60 daqiqa. O'quvchining darajasini va ehtiyojini aniqlaysiz, keyin unga mos yo'lni ko'rsatasiz. Aynan shu darsda u "men shu odam bilan o'rganaman" degan qarorga keladi.

Birinchi darsning tuzilishi ยท 45โ€“60 daqiqa

3โ€“5 daqTanishuv va ishonch
5โ€“7 daqEhtiyoj: nima uchun va qachongacha kerak
3โ€“5 daqUsul va material tanlash
15โ€“20 daqDiagnostika: daraja va yo'l xaritasi
5โ€“10 daqNarx va to'lov

XEI โ€” uch o'q

  • Xohish โ€” o'rganishni sevadimi? O'z materiali bo'lsa, qiziqib gapirsa โ€” yuqori.
  • Ehtiyoj โ€” qanchalik zarur? "Chetga chiqsam deyman" โ€” orzu; "hujjatlarim topshirilgan, iyunda ketaman" โ€” qaror.
  • Imkoniyat โ€” to'lay oladimi? Hudud, ish, qurilma โ€” gap orasida bilinadi.
Ehtiyoj juda past bo'lsa narx aytmang. Bu odam hozir sotib olmaydi โ€” avval ehtiyojni oching.
Material โ€” sizning tanlovingiz. O'quvchida o'zi o'qiyotgan kitob bo'lsa, o'shandan davom eting: yangi materialni o'quvchi har doim ham iliq qabul qilavermaydi.
Diagnostikaning natijasi โ€” yo'l xaritasi. "Sizning holatingizda birinchi oyda bunga yetamiz, uchinchi oyda bunga" deb aniq ayting. O'quvchi nimani sotib olayotganini shundan tushunadi.

7-modul ยท Dasturlar va narx

๐Ÿ’ฐ Bitta narx jadvali โ€” haftada necha marta

Narx ustozga ham, dasturga ham bog'liq emas. Faqat haftadagi darslar soni hal qiladi.

Oylik narx ยท haftadagi darslar soniga qarab

1marta350 000
2marta450 000
3marta550 000
4marta650 000
5marta750 000
6marta850 000

Haftada 6 martadan ko'p yo'q. Oyiga darslar = haftada ร— 4.

Speaking

Kundalik ingliz tili, suhbat, noldan boshlash

Ustoz talabi: B2 ยท IELTS 6.0โ€“6.5 dan yuqori

IELTS / CEFR tayyorgarlik

Sertifikat, ball, imtihon strategiyasi

Ustoz talabi: C1 ยท IELTS 7.5+, tasdiqlangan

Narxni qanday tushuntirasiz

Oylik summani quruq aytish eng katta xato. Odam "450 000" ni eshitadi va uni bitta to'lov deb tasavvur qiladi. Narxni bitta darsga bo'lib ayting โ€” shunda u taqqoslay oladigan raqamga aylanadi.

Narx aytish

[ISM], sizning holatingizda haftada ikki marta eng to'g'ri bo'ladi. Bu oyiga 450 000 so'm โ€” ya'ni bitta dars 56 250 so'mga tushadi. Yakkama-yakka, faqat siz bilan, sizning materialingiz bo'yicha.

Shundan keyin jim turing. Birinchi gapirgan yon beradi.

Narx ichida nima borligini ayting

  • Yakkama-yakka dars. Guruhda emas โ€” butun vaqt faqat sizga tegishli.
  • Sizga moslangan dastur. Material sizning darajangiz va maqsadingizga qarab tanlanadi, bitta umumiy kitob emas.
  • Vaqtni o'zingiz tanlaysiz. Markazga borish, yo'l vaqti va yo'lkira yo'q.
  • Doimiy nazorat. Har darsda xatolaringiz yopiladi, darslar orasida ilovada mashq qilasiz.
Taqqoslash kuchli ishlaydi: "Shahardagi guruh kursi oyiga 600โ€“800 ming so'm, u yerda 12 kishi bilan o'tirasiz. Bu yerda esa dars faqat sizniki."

"Qimmat" deyilsa

Bu darsdan keyingi eng ko'p uchraydigan e'tiroz. Uchta javob bor, shu tartibda:

1. Sababni aniqlang
"Nimasi qimmat tuyuldi โ€” summasimi yoki hozircha qiyinmi?"
2. Bitta darsga bo'ling
"Bitta dars 56 250 so'm โ€” repetitor narxidan past"
3. Tarifni pasaytiring
"Haftada 1 martadan boshlaymiz โ€” 350 000"
Narxni tushirmang. Chegirma bermaysiz โ€” dars sonini kamaytirasiz. Narxni bir marta tushirsangiz, o'quvchi uni haqiqiy narx deb qabul qilmay qo'yadi va keyingi oyda yana so'raydi.
Pul bo'lmasa: "Tushundim. Sizga haftada 1 martalik variantni ochib qo'yaman, keyinroq kuchaytirasiz." O'quvchini yo'qotgandan ko'ra, arzon tarifda boshlagan yaxshi.

To'rt qoida

  • Narxni aytib bo'lgach jim turing. Birinchi gapirgan โ€” yon beradi.
  • Uzr so'ramang. "Atigi", "jami-yo'g'i" kerak emas.
  • Chegirma so'ralsa narxni emas, haftadagi dars sonini kamaytiring. Eng past narx โ€” 350 000 so'm.
  • To'lovni hoziroq, o'quvchi ekranda turganida qildiring.
24 soat bonusi: o'quvchi birinchi darsdan keyin 24 soat ichida to'lov qilsa, sizga o'sha dars uchun ham bitta dars puli miqdorida bonus shu zahoti tushadi.

8-modul ยท Daromad va o'sish

๐Ÿ“ˆ O'quvchi to'lovining 60% dan 85% gachasi sizniki

Ulush rankka bog'liq, rank esa ball, reyting va o'quvchi soniga.

Rank โ€” obunadan oladigan ulushingiz

Pro60%
Senior66%
Expert72%
Master78%
Legend85%

Uchta raqam

  • Ball โ€” qancha ishladingiz. Rank va leaderboard uchun.
  • Reyting (0โ€“100 ball) โ€” qanday ishladingiz. Retention 35, kunlik norma 25, o'quvchi bahosi 25, progress 15. Rank shartlari: Senior 92, Expert 94, Master 96, Legend 98.
  • Prioritet โ€” ertaga qancha o'quvchi olasiz.
Leaderboard: haftalik jonli reytingMissiyalar: pul mukofotiReferral: 40 000 so'mSeriya: ร—1.5 gacha

O'quvchi bahosi

Har darsdan keyin o'quvchi 1 dan 5 gacha yulduz qo'yadi. Bu reytingingizning to'rtdan birini tashkil qiladi.

5 yulduz
+10 ball
4 yulduz
+3 ball
1โ€“2 yulduz
โˆ’20 ball
Bitta past baho ko'rsatkichingizni buzmaydi: oxirgi 20 ta bahodan eng past va eng yuqorisi tashlanadi, qolganining o'rtachasi olinadi. Birinchi 5 ta bahogacha esa bu ko'rsatkich rankka umuman ta'sir qilmaydi.
Adolatsiz baho bo'lsa e'tiroz bildiring โ€” administrator 24 soat ichida ko'rib chiqadi. 10 daqiqadan kam qatnashgan o'quvchining bahosi esa avtomatik hisobga olinmaydi.

Qat'iy qoidalar

Platformadan tashqari hisob-kitob taqiqlanadi. O'quvchi bilan shaxsiy kelishuv โ€” darhol blok, barcha bonuslar bekor va qonun oldida javobgarlik.
  • Tizim so'raganda 10 soniyalik 360 graduslik video yuborasiz.
  • Texnik talab: zamonaviy smartfon, barqaror internet, tinch muhit.
  • Hamyondagi pulni ishlagan kuningizning ertasiyoq yechib olasiz.

Yakuniy test

โœ๏ธ 16 savol ยท o'tish uchun 13 ta to'g'ri javob

Hamma javob modullar ichida bor. Xato qilsangiz, qaysi modulga qaytish kerakligi ko'rsatiladi.

Savol 1 / 12

โ€ฆ

8 ta modul ยท taxminan 12 daqiqa